Jahon | 09:04 / 22.01.2016
3059
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh ekologiya xizmati boshlig‘i Flint shahridagi ekologik inqiroz tufayli iste'foga chiqdi

AQShning O‘rta g‘arbidagi atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi boshlig‘i Syuzan Xedman Flint shahridagi ekologik inqiroz tufayli iste'foga chiqdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Michigan shtatining Flint shahrida ichimlik suvi quvuridan keladigan suvda qo‘rg‘oshin aniqlangandi.

AQSh Tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari Jina Makkarti Xedmanning iste'fosini qabul qilganini tasdiqladi va jamoatchilik salomatligini saqlash uchun zaruriy choralarni ta'minlash bo‘yicha favqulodda farmon chiqardi.

Xedman o‘z lavozimidan 1 fevralda ketadi, ayni vaqtda u barcha e'tiborini Flint shahridagi ichimlik suvini tozalashga qaratishga qaror qildi.