Jahon | 08:17 / 22.01.2016
3446
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda kuchli qorlar tufayli minglab aviareyslar bekor qilindi

AQShda kuchli qorlar xavfi tufayli minglab aviareyslar bekor qilindi. Jumladan, havo aloqasi Nyu-York, Pensilvaniya, Massachusets, Shimoliy Karolina shtatlarida va Kolumbiya okrugida cheklanadi. Bu hududlar birinchi bor qor bo‘roniga duch kelishmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Reyslarni bekor qilgan yoki buni qilishni rejalashtirayotgan kompaniyalar qatorida United Airlines, American Airlines, Southwest Airlines va Delta aviakompaniyalari ham bor.

Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, qor fronti Atlantika okeani sohiliga tomonga yo‘nalmoqda. Hukumat yaqin kunlarda vaziyat yanada murakkablashishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ayniqsa, Vashintgonga yopiriladigan qor bo‘roni oxirgi o‘n yilliklardagi eng kuchlisi bo‘lishi mumkin. Shaharda favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi. Mahalliy aholi yomon ob-havo sharoitidan o‘tib olish uchun barcha zaruriy narsalarni g‘amlab qo‘ymoqda.