Jamiyat | 19:21 / 22.01.2016
4012
2 daqiqa o‘qiladi

“iPhone`ni top”dagi xatolik sababli atlantalik juftlik minglab “Ayfon”larni o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda

AQShning Jorjiya shtati Atlanta shahrida yashaydigan juftlik “iPhone`ni top”dagi xatolik qurboniga aylanishdi. Nosozlik sababli sevishganlarning uyiga smartfonlarini qaytarib berishni talab qilgan ko‘plab odamlar kelmoqda. Yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida Fusion portali xabar qildi.

Kristina Li (Christina Lee) va Maykl Saba (Michael Saba) so‘zlariga ko‘ra, g‘ayrioddiy muammo bir oy muqaddam ular mo‘'jazgina uyda birgalikda yashashni boshlagandan paydo bo‘lgan. Ular uyining ostonasida o‘g‘irlangan smartfonini qaytarishni so‘rab kelganlar bilan to‘ldi. Uy egalari politsiya ofitserlari qarshisida ko‘p marotaba o‘zlarini oqlashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Hattoki politsiya vakillari sevishganlarni tashqarida qoldirib, uyni tintuv qilgan vaqtlar ham bo‘ldi.

Juftlikning “iPhone`ni top” ilovasini ishlab chiqqan Skyhook — geolokatsiya ma'lumotlari provayderiga murojaati ham yordam bergani yo‘q.