Jamiyat | 17:15 / 22.01.2016
2912
2 daqiqa o‘qiladi

Janna Friskening otasi Rusfondning xayriya pullari o‘g‘irlangani haqidagi ayblovlarini inkor qildi

Marhum xonanda Janna Friskening otasi “Rusfond” xayriya jamg‘armasining maxsus yordam hisobidagi qariyb 21 mln rubl pullar talon-toroj qilingani haqidagi ayblovlarni inkor qildi. Bu haqda RSN resursi xabar bermoqda.

2014 yil yanvarida Janna Friskening saraton xastaligiga chalingani ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng Birinchi kanal xonandani davolash uchun mablag‘ to‘plash kampaniyasini tashkil qildi, unda Rusfond ham ishtirok etdi.

Rusfond maxsus hisobga 25 mln rubldan ortiq mablag‘ o‘tkazgan edi. Kelishuvga binoan, pullar nimaga sarflanishi yuzasidan hisobot topshirib borilishi lozim edi. Ammo Friske vafot etdi, pullarning qolgan qismi bo‘yicha esa merosxo‘rlar hisobot topshirishni istamayapti.

“Bu yolg‘on, - dedi Vladimir Friske. – Menda barcha hujjatlar bor. Ular nima qilishni bilmay o‘tirgan ko‘rinadi. Men ularga hech narsa yozishim kerakmas... Agar kerak bo‘lsa, merosxo‘rlik haqidagi hujjatlar notariusda yotibdi, ular o‘z xulosalarin qilmoqda”.