Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa bort kuzatuvchilari bilan kelishuvga erishdi
Lufthansa aviakompaniyasi va bort kuzatuvchilarining kasaba uyushmasi – Ufo o‘zaro bir to‘xtamga kelishdi. Bu haqda RIA “Novosti” konsernning rasmiy vakili Gelmut Tolksdorfga tayanib xabar qildi.
“Ha, men buni tasdiqlashim mumkin. Biz 2016 yil 30 iyunga qadar hamkorlik qilishga kelishib oldik”, - dedi u.
Qayd etilishicha, muzokaralar jarayonida tomonlar o‘zlarini ish tashlashlar, lokautlar (ishni vaqtincha to‘xtatib turish) va boshqa norozilik aksiyalarini o‘tkazishdan tiyib turish majburiyatini zimmasiga olishdi. Muzokaralar qatnashchilari nafaqa ta'minoti va bort kuzatuvchilarining oylik maoshi borasida ham kelishuvga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning noyabrida kasaba uyushmasi bir necha marotaba ish tashlashlarni tashkillashtirgan edi. O‘shanda 4,7 ming aviareyslar bekor qilindi. Bunga pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini belgilashda kasaba uyushmasi va aviakompaniya rahbariyatining bir to‘xtamga kelmagani sabab bo‘lgan edi.