Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida matbuot-anjumanida Yaponiya Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish qarorini qabul qilganini ma'lum qildi. Bu haqda Kyodo agentligi ma'lum qildi.
Sanktsiyalar bekor qilingandan keyin Yaponiya tashqi ishlar vazirining 2015 yil oktabrida Eronga safari davomida erishilgan investitsiyalar bo‘yicha kelishuvning imzolanishi mumkin bo‘ladi.
Ikki davlat banklari filiallar ochishga va valyuta ayirboshlash bo‘yicha shartnomalar tuzish imkoniga ega bo‘ladilar.
Yaponiya Yaqin Sharqdagi eng boy neft konlaridan biri bo‘lgan Azadegan konini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘z mavqeini tiklashga urinib ko‘rishi kutilmoqda. Bu konning zaxiralari 26 mlrd barrelga baholanmoqda. Yaponiya 2004 yildayoq konning 75 foizini o‘zlashtirishga ruxsat olgan, biroq Eronga qarshi sanksiyalar kiritilgandan keyin bu loyihani tark etgandi.