Jahon | 18:41 / 23.01.2016
4516
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh sharqiga yopirilgan qor bo‘roni qurbonlari soni 9 nafarga yetdi

AQShning sharqiy hududlarida kuchli qor yog‘ishi va noqulay ob-havo sabab halok bo‘lganlar soni 9 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda New York Times gazetasi xabar bergan.

Avvalroq Shimoliy Korolina shtatida noqulay havo sharoiti tufayli yuz bergan bir qator yo‘l transport hodisalari tufayli 5 kishi qurbon bo‘lgani aytilgan edi.

Shuningdek, Virjiniya, Kentukki va Tennecsi shtatida ham qurbonlar qayd etilgan. Odamlarning asosan yo‘l transport hodisalari natijasida, noqulay ob-havo va muzlamalar natijasida halok bo‘layotgani xabar qilinmoqda.

9ta shtat gubernatorilari — Merilend, Virjiniya, Tennessi, Kentukki, Shimoliy Karolina, Jorjiya, Pensilvaniya, G‘arbiy Virjiniya va Delaver favqulodda holat joriy etilganini e'lon qilgan.

AQShning bir qator shtatlariga yopirilgan bo‘ron "Jonas" nomini oldi. Sinoptiklarning aytishicha, poytaxt Vashingtonda 75 santimetrgacha qalinlikdagi yog‘in tushishi kutilmoqda, shamol tezligi esa soatiga 80 kilometrga yetishi aytilgan.