Jahon | 09:03 / 23.01.2016
4795
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda 5,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi

23 yanvarga o‘tar kechasi Eronda 5,4 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, zilzila markazi Darab shahridan 83 km janubi-sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 28 km chuqurlikda bo‘lgan.

Hozircha talofatlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Ma'lumot uchun, Eron joylashgan hududdagi yer qobig‘i bir necha katta parchalarga bo‘lingani bois mamlakatda tez-tez zilzila kuzatilib turadi.