Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:45 / 23.01.2016
4076
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda samolyot portlash xavfi tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Hindistonning Nagpur shahridagi aeroportga bortida bomba borligi haqidagi xabar tufayli yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar yozgan.
Ma'lum qilinishicha, GoAir aviatashuvchisiga tegishli bu samolyot Bxubaneshvardan Mumbayga uchayotgandi.
Qayd etilishicha, samolyotning barcha yo‘lovchilari hamda ekipaj a'zolari evakuatsiya qilingan.
Maxsus xizmat vakillari samolyot bortida bomba topishmagan.