Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:20 / 23.01.2016
3239
1 daqiqa o‘qiladi
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti: Serra-Leoneda Ebola bezgagining ikkinchi avlodi tarqamoqda
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining Ebola bezgagi bo‘yicha maxsus vakili Bryus Eylvard Serra-Leoneda qayd qilingan Ebola bezgagi holatlari virusning yangi avlodi ekanligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bu virusning ikkinchi avlodidir. Virusning uchinchi avlodi bo‘lish-bo‘lmasligi masalasi turibdi. Ikkinchi avlod virusning nazorat qilib bo‘lmaydigan xilidir”, deb aytdi Eylvard.
Avvalroq Serra-Leoneda epidemiya tugagandan keyin Ebola qayd qilingan ikkinchi holat tasdiqlangandi.