Jahon | 19:15 / 23.01.2016
3209
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Fors ko‘rfazi davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Fors ko‘rfazi davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, tomonlar Suriya va Iroqdagi vaziyatni muhokama qilganlar. Kerri Suriya bo‘yicha muzokaralar yaqin kunlarda davom ettirilishiga va'da berdi.

Avvalroq Jon Kerri 2016 yilning yanvariga rejalashtirilgan Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasidagi muzokaralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasligini ma'lum qilgandi. Kerri 25 yanvarda Jyenevada bir qator muzokaralar o‘tishini, biroq 26 va 27 yanvargacha ko‘pchilik ishtirokchilar uchrashuv joyigacha yetib kelishlariga umid qilish mushkul ekanini ta'kidlab o‘tdi.