Jahon | 08:35 / 23.01.2016
5061
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Davosda rossiyalik jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida rossiyalik jurnalistlar bilan muloqot qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda, jumladan RIA “Novosti” va Sputnik muxbirlari xabar berishmoqda. Jurnalistlardan biri Poroshenko bilan inglizchada gaplashishga uringanda, Poroshenkodan inglizchada gaplashmasligi haqida javob olgan.

Ta'kidlanishicha, Ukraina delegatsiyasi vakili “Poroshenko Rossiya OAVlari bilan muloqot qilish va ularga brifing berishni rejalashtirmaganini” ma'lum qildi.