Jamiyat | 16:54 / 23.01.2016
9306
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabalari urbanizatsiya jarayonlari mavzusida debat o‘tkazishdi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida tashkil etilgan “Munozara debat” klubining yangi mavsumdagi 2-saralash bosqich o‘yinlari “Urbanizatsiya jarayonlari, qishloqlarda yashash shaharlarda yashashdan ko‘ra qulay” mavzusida tashkil etildi.

Fakultet talabalaridan tashkil etilgan 8ta jamoa a'zolari tasdiq va inkor pozitsiyasi bo‘yicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini hakamlar hay'ati hamda tomoshabinlarga yetkazib berishdi. Bu haqda kun.uz mobil muxbiri xabar qilgan.

“Munozara debat” klubi faoliyatining rivojlanishi talabalarning har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlashi, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishi, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

“Munozara debat” klubining faoliyatiga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridek universiteti va Toshkent davlat agrar universitetidan talabalarning jalb etilganligi klub faoliyatini yanada rivojlanishiga asos bo‘lmoqda.

“Munozara debat” o‘yinlari davomida talabalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qishloq va shaharlarda aholi yashashi uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risidagi faktlar keltirib o‘tishdi.