Jahon | 20:44 / 24.01.2016
4345
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytda qurilayotgan masjidning shifti qulashi oqibatida 19 kishi jarohat oldi

Kuvaytning Saboh-al-Ahmad tumanida (poytaxt Al-Kuvaytdan janubda joylashgan) qurilayotgan masjidning shifti qulashi oqibatida 19 kishi jarohat oldi. Bu haqda 24 yanvarda amirlikning yong‘in xizmati bosh boshqarmasida ma'lum qilindi.

“Maktab qoshida qurilayotgan masjidning shifti qulashi haqida xabar kelib tushdi. Buning oqibatida qurilishda ishlayotgan 19 kishi jarohat oldi. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, 4 kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda”, deyilmoqda xabarda.

Kuvaytning uy-joy qurilishi ishlari vaziri Yasir Abul “ko‘ngilsizlikka olib kelgan xatolarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan maksimal darajada qattiqqo‘l ma'muriy choralar ko‘rilishini” aytdi.