Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda shahar xiyoboniga nasha ekib qo‘ygan erkak qo‘lga olindi
Nukusda istiqomat qiluvchi “uddaburron” yigit, muqaddam sudlangan Rametulla Azilxanov hech kimning xayoliga kelmaydigan joyga nasha o‘simligini ekib, parvarishlayotgani aniqlandi.
“Huquq” gazetasida yozilishicha, u shaharning markazidagi xiyobonlardan birida nasha ekib, parvarishlab kelgan. Bu o‘simlikka hech kim e'tibor bermagan.
Poya ulg‘ayib bo‘lgach, Azilxanov uni ildizi bilan ko‘chirib, uyiga olib ketgan.
Ammo uning xatti-harakatlarini sezib qolgan shaxslarning arizasiga muvofiq tekshiruv o‘tkazildi. Reyd chog‘ida uning uyidan tilga olingan o‘simlik poyasi topildi.
Azilxanov 4 yil 8 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.