Jahon | 23:33 / 24.01.2016
4471
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda avtomobil harakatlanishiga taqiqlov bekor qilindi

Nyu-Yorkda 24 yanvar soat 07.00 dan avtomobil harakatlanishiga taqiqlov bekor qilindi. Bu haqda matbuot-anjumanida Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo ma'lum qildi

Yer usti transportining harakatlanishiga taqiqlov 23 yanvarda kuchga kirgandi. Bu qaror qor bo‘roni tufayli shtat aholisi xavfsizligini ta'minlash maqsadida qabul qilingandi. Taqiqlov shtatning janubi-sharqiy qismida amal qilgan va “odamlar uylariga yetib olishlari uchun tartibli” amalga oshirilgan. Taqiqlov vaqtida faqatgina favqulodda xizmatlar avtomobillariga harakatlanishga ruxsat berilgandi.

Shuningdek, Nyu-Yorkda yomon ob-havo sharoiti tufayli favqulodda vaziyat ham e'lon qilingandi.