Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunisda norozilik namoyishida 423 kishi hibsga olindi
Tunis ichki ishlar vazirligi mamlakatda yuz bergan berartibliklar davomida 423 kishi hibsga olinganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Ticinonews nashri.
Tunis IIV matbuot kotibi Volid Luginiyning aytishicha, hibsga olinganlar asosan bezorilik, talon-tarojlik va komendantlik soatini buzganlikda ayblanmoqda.
Avvalroq Tunis hukumati mamlakatda norozilik namoyishlari to‘xtatilgani va 100 dan ko‘proq tartibbuzar hibsga olinganini ma'lum qilgandi.
Norozilik namoyishlari Tunisning ko‘plab shaharlarida bo‘lib o‘tdi, ularning ba'zilari politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Yuzlab ishsizlar ikki kun avval ishsiz bir kishi mahalliy hokimiyat uni jamoatchilik lavozimlaridan biriga ishga qabul qilishni rad etgandan keyin o‘zining joniga qasd qilganidan so‘ng Tunisning Kasserin shahri hukumat binolari oldida to‘planishgan.