Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning subtropik orolida 1901 yildan beri birinchi marta qor yog‘di
Yaponiyaning Amami-Osima orolida 115 yil ichida birinchi marta qor yog‘ishi qayd etildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Oxirgi marta orolda qor 1901 yilning 12 fevralida yoqqan. Shu dam olish kunlari Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismiga sovuq havo kelib, qorlar yog‘a boshladi. Qor yog‘ishi kamyob hodisa hisoblangan, janubda joylashgan Kyusyu orolidagi Nagasaki shahrida 16 santimetr qor yoqqan, bu ko‘rsatkich ushbu shahar uchun rekord hisoblanadi, Kagosima shahriga esa 10 santimetrlik qor qoplami to‘shalgan.
Yaponiyaning eng janubiy Okinava prefekturasida rekord darajadagi sovuq harorat (4,6 gradus) qayd qilingan. Fukuoka shahrida 11 ta avtomobil to‘qnashib ketgan, qurbonlar borligi aytilmoqda.
Avvalroq qor yog‘ishi tufayli mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan shaharlar yo‘nalishida 166 ta aviareys bekor qilingani ma'lum qilingandi. 7 ta aviakompaniya o‘z saytlarida Kinki tumani, Sikoku va Kyusyu orollariga parvozlarni bekor qilganini ma'lum qilgan.
Sinoptiklar qor 25 yanvargacha yog‘ishidan ogohlantirmoqdalar. Yaponiyaning janubi-g‘arbida bir kun ichida 30 dan 100 santimetrgacha qor yog‘ishi mumkinligi aytilmoqda.