Jamiyat | 20:49 / 25.01.2016
4339
1 daqiqa o‘qiladi

Yer yuzidagi har 12 kishidan biri kiberjinoyatchilik qurboni bo‘lmoqda

2015 yilda Yer yuzi bo‘ylab 594 mln kishi kiberjinoyatchilar qurboniga aylangan. Bu sayyorada yashayotgan har 12 kishidan biri shunday muammoga to‘qnashayotganini ko‘rsatadi. Bu holat tufayli jabrlanuvchilarning har biri o‘rtacha 359 dollardan yo‘qotgan. O‘tgan yilda kiber jinoyatchilar odamlardan 158 mlrd dollar o‘g‘irlashgan. Bu ma'lumotlar Symantec kompaniyasining kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha tadqiqotlarida keltirilgan.

AQShda kiberjinoyatchilar tufayli 2015 yilda 30 mlrd dollar zarar ko‘rilgan.

"Kommersant" gazetasida yozilishicha, Sberbank rahbari o‘rinbosari Lev Xasis Rossiyaning kiberjinoyatchilikdan ko‘rgan zarari 1 mlrd dollar bo‘lgani haqida aytgan. Uning aytishicha, kelgusida bu ko‘rsatkichni kamaytirish uchun zarur choralar ko‘riladi.