Jahon | 19:07 / 25.01.2016
2856
1 daqiqa o‘qiladi

Eron va Misr savdo munosabatlarini qayta yo‘lga qo‘ydi

Eron va Misr savdo munosabatlarini qayta yo‘lga qo‘ydi. Press TV telekanalining eslatib o‘tishicha, 2012 yili xalqaro sanksiyalar joriy qilinishi bilan ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlari rivoji to‘xtab qolgan edi.

“Sanktsiyalar bekor qilinishi bilan Misrga Asaluydagi konning neft-kimyo mahsulotlari yuborilishi qaytadan yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan bog‘liq ravishda telekanal Eron milliy neft kompaniyasi direktori Rukniddin Javodiyning fikrini o‘rgandi.

“Eron Misrga neft xom ashyosi va neft mahsulotlarini sotishda hech qanday cheklovlar o‘rnatmaydi, har qanday rasmiy so‘rov kelib tushishi bilan qayta ko‘rib chiqiladi”, - ta'kidladi amaldor.