Jamiyat | 16:38 / 25.01.2016
15200
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchining arizasiga binoan, qoidabuzar militsiya xodimi jarimaga tortildi

Toshkent shahrida avtoulovni boshqarib ketayotib qo‘l telefonidan foydalangan IIBB PPXB xodimi boshqa bir haydovchining arizasiga binoan jarimaga tortildi. Bu haqda “Feysbuk”dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a'zosi ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining e'lon qilgan suratlaridan ko‘rish mumkinki, qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ariza Toshkent shahar IIBB boshlig‘i nomiga 2015 yilning 22 sentabrida yozilgan. 2015 yil 10 oktabrda esa IIV Yo‘l harakati boshqarmasidan javob xati kelgan. Unda keltirilishicha, tekshiruv davrida arizada ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topib, IIBB PPXB xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128*1- moddasi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilib, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisiga nisbatan ma'muriy bayonnoma to‘ldirilgan va 260480 so‘m miqdorida jarima belgilangan.