O‘zbekiston | 15:15 / 25.01.2016
5178
7 daqiqa o‘qiladi

Jizzax o‘tgan hafta davomida qisqa satrlarda 18-24 yanvar

O‘tgan hafta Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim va sport yo‘nalishlarda tadbirlar, davra suhbatlari uyushtirildi. Quyida ularning qisqacha ma'lumoti bilan tanishtiramiz.

Jizzax viloyatida o‘tgan yili 15 massivda namunaviy loyiha asosida 690 uy qad rostladi. Zamonaviy massivlarda 22,7 kilometr ichimlik suvi, 14,7 kilometr elektr va 21 kilometr tabiiy gaz tarmog‘i, 9 kilometr ichki yo‘llar barpo etildi.
Bu 2015 yil yakunlari va 2016 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishida alohida ta'kidlandi.

Viloyat hokimi S.Ismoilov boshqargan yig‘ilishda 2015 yilda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratildi.

*****

Jizzax viloyat DSB Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad, soliq va byudjyet siyosatining 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatidan tadbirkorlik sub'yektlari vakillari hamda keng jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilishdan iboratdir.

2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholining real daromadlarini oshirish maqsadida qator soliq va majburiy to‘lovlarning stavkalari pasaytirildi, shuningdek qonun hujjatlariga asosan berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi.
Xususan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi
2015 yildagi 6 foizdan 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz qilib belgilandi. Shuningdek, bojxona Ma'lumki, 2015 yil 22 dekabrida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi ham 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz qilib belgilandi. E'tirof etish joizki, yagona soliq to‘lovi stavkasining kamayishi hisobiga ushbu mikrofirmalar va kichik korxonalar ixtiyorida joriy yilda 58,4 mlrd.so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda.

*****

Mamlakatimizda sportchi qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi huzurida tashkil etilgan Bolalar sportni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan har bir viloyat va shahar hamda tumanlarga belgilangan tartibda reja-taqsimot asosida qizlarga sport kiyimlarini tantanali ravishda topshirilishi an'anaga aylanib bormoqda.
Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa bolalar sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning tizimli amalga oshirib kelinayotganligi, shahar hududida yirik sport majmuasining barpo etilishi, 2015 yilda 2 ta umumta'lim maktablarida sport zallarining qurib bitkazilishi va 2016 yilda yana 2 ta maktabda sport zallari qurilishi investitsiya dasturiga kiritilganligi yoshlar, ayniqsa qizlarni sportga jalb etishga va ularning shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlarni bermoqda deydi shahar hokimi A.Qobilov

*****
O‘sib kelayotgan yosh avlodni kasbga muhabbat ruhida tarbiyalash va ularning bilim olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish bugun mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga chiqdi.Viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injinering kompaniyasi 2016 yilgi manzilli dasturiga ko‘ra, bu yil Jizzax shahridagi iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kollejida 60 o‘quvchilik o‘rinli ustaxona va 150 o‘rinli oshxona quriladi.
Shahrimizning pedagogika kollejidaa ham 200 o‘rinli oshxona qurilishi hamda 300 o‘rinli yoshlarning turar joylari mukammal ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Baxmal tumanidagi xizmat ko‘rsatish kollejida ham 60 o‘rinli ustaxona qurilishi, kollej rekonstruksiya qilinishi mulljalangan.

*****
Jizzax tuman ijtimoiy-iqtisodiy va bank kasb-hunar kollejida 11 nafar oliy ma'lumotli mutaxassislar ta'lim-tarbiya berish barobarida zamonaviy kasb-hunar sirlarini ham o‘rgatib kelmoqda. Ish faoliyatini boshlaganiga 7 yil bo‘lsada, o‘tgan yillar davomida 1200 nafardan ziyod bitiruvchi yoshlarning mehnat bozoridan joy olishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

*****
2016 yilning yanvar oyi birinchi yarmida viloyatimiz shahar va qishloqlarida yong‘in xavfining oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar mutaxassislar tomonidan tahlil etildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tgach, fuqarolar bir muncha xotirjamlikka berilganligi sezilib qoldi.
Chunki, o‘tgan davar mobaynida viloyatimiz hududida 13 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda bittaga ko‘paydi. Yil boshidan yong‘inlar Jizzax shahrida besh, tumanda uch marta sodir bo‘lgan. Yong‘inlar 314 142 219 so‘m moddiy zarar keltirgan.

*****
Mirzacho‘l tuman XTMFMT va TEB ma'naviy-ma'rifiy ishlari bilan hamkorlikda Mirzacho‘l tumani Gagarin shahri, Mustaqillik mahallasi, 2-UO‘T maktabi faollar zalida Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi «Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat» maruzasi doirasida O‘zMTDP tuman Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi "Ma'naviy-ma'rifiy va mafkuraviy masalalar yo‘nalishi, tuman Ma'naviyat-targ‘ibot markazi bilan davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zMTDP Mirzacho‘l tuman partiya tashkiloti yetakchi mutaxassisi, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilaridan iborat jamoa hamda BPT raislari qatnashdi.

***** 

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hokimi sovrini uchun o‘tkazilgan ochiq turnirda ring mezbonlari Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo, Jizzax viloyati vakillarini ham taklif etishdi.1998-1999 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida “Sog‘lom ona va bola yili”ga hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan boks bayramida yuz nafardan ko‘proq bokschi ishtirok etdi.
Unda 49 killogramlik vazn toifasida ringga chiqqan jizzaxlik Shukurullo Sangirov ochiq turnirining chempioni deb topildi. Shahzod Siddiqov va ilyos Hakimov o‘z vazni toifasi bo‘yicha (60kg) bronza medalni qabul qilib oldi.

Jizzaxdan jamoatchi muxbirimiz Akmal Binokulov