Jahon | 23:52 / 25.01.2016
10800
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalarning kengaytirilishini ma'lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalarning kengaytirilishini ma'lum qildi. Putin bu haqda “Rossiya 24” telekanali orqali namoyish qilingan “Umumrossiya xalq fronti” forumida aytdi.

“Biz hozirda 50 mlrd dollarlik shartnomalarga ega 300 ta turk kompaniyasi ishlayotgan qurilish sohasida Turkiyaga qarshi cheklovlarni kengaytiramiz”, deb aytdi Putin.

Putinning aytishicha, Turkiyaga qarshi sanksiyalarning kengaytirilishi evaziga Rossiyada 87 mingdan ko‘proq ish o‘rni paydo bo‘lishi mumkin.

“Cheklovlar qurilish sohasida kengaytiriladi. Hukumat turk pudratchilari bilan boshqa shartnoma tuzmaslikka qaror qildi va bu bizning qurilish sektorimizga o‘z ishini kengaytirishga imkon beradi hamda yangi malakali ishchilarni talab qiladi”, deb ta'kidlab o‘tdi Putin.

Avvalroq Rossiya hukumati Turkiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatmasligi ma'lum qilingandi.