Jahon | 20:51 / 25.01.2016
3821
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Turkiya sanoat hududini qurish haqida memorandum imzolashdi

Qirg‘iziston va Turkiya sanoat hududini qurish haqida memorandum imzolashdi. Bu haqda Qirg‘iziston savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.

Palata ma'lumotlariga ko‘ra, Anqarada 21-22 yanvarda “Qirg‘iziston” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Turkiya savdo-sanoat palatasida qirg‘izistonlik tadbirkorlar, Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Orzubek Qo‘jo‘shev, Qirg‘izistonning Turkiya elchisi Ibrohim Junusov Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu, savdo va bojxona vaziri Byulent Tyufenkchi va 150 nafar biznes vakillari bilan uchrashishdi.

Turkiyalik tadbirkorlar savdo-sanoat palatasi a'zosi bo‘lmay turib, o‘z ishlarini qoidali yurgaza olmasliklarini aytishdi. Bugungi kunda bu palatada 1,2 mln odam hisobda turadi.

Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Orzubek Qo‘jo‘shev Qirg‘izistonda investorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgani va hukumat turkiyalik tadbirkorlar uchun soliq miqdorini kamaytirishga tayyorligini ta'kidlab o‘tdi. Bunga javoban Byulent Tyufenchi turk tomoni savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini va Qirg‘iziston biznesni yuritishni soddalashtirishsa, unda Turkiya Qirg‘izistonga doimo ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ta'kidladi.

Forum doirasida Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi va Turkiya savdo va bojxona vazirligi tomonidan savdo-iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirish bo‘yicha uchta kelishuv, sanoat hududi qurish haqida memorandum imzolandi. Mart-aprel oylarida Turkiyadan Qirg‘izistonga katta delegatsiya tashrif buyuradi va mamlakatdagi bozorni o‘rganib, qurilish smetasini tayyorlaydigan bo‘ldi.