Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI mamlakatlari Shengen shartnomasini ikki yilga to‘xtatishni taklif qildi
Yevrokengashga a'zo davlatlar hukumatlari Shengen shartnomasini ikki yilga cheklash bo‘yicha choralar qo‘llanilishini so‘ramoqda.
Bu kabi choralar uchun qonunchilik bazasini tayyorlash bo‘yicha taklif Yevrokomissiyaga taqdim etilgan, deya xabar qildi Niderlandiyaning migratsiya masalalari bo‘yicha vaziri Klaas Diykxof YeIga a'zo davlatlardagi hamkasblari bilan uchrashuv yakunida.
“A'zo-davlatlar Yevrokomissiyaga Shengen shartnomasining 26- moddasiga binoan qo‘shimcha chegara nazorati bo‘yicha vaqtinchalik choralar muddatlarini uzaytirish uchun qonuniy va amaliy bazani tayyorlashni taklif qilmoqda”, - dedi Diykxof.
26- modda Shengen kelishuvi ta'sirini ikki yilga cheklash bo‘yicha choralarni qo‘llashga imkon beradi, deya qo‘shimcha qildi u.
“Ayni paytda chegaralardagi olti oyga cheklov joriy etilgan. Biroq ushbu choralarni qo‘llashga majbur qilgan qochqinlar oqimi qisqarganicha yo‘q”, - dedi Diykxof.