Jahon | 17:20 / 26.01.2016
3826
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda imom Humayniyning nabirasiga saylovda nomzod sifatida qatnashishga ruxsat berilmadi

Zamonaviy Eronning asoschilaridan biri oyatullo Humayniyning nabirasi Islom inqilobi qo‘riqchilari kengashi uchun saylovda ishtirok eta olmayigan bo‘ldi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar qildi.

Hasan Humayniy a'zolari Eronning yangi diniy rahnamosini tanlashda ishtirok etuvchi oliy organ uchun yetarli darajada layoqatli emas deb topilgan.

Saylovda ishtirok etuvchi nomzodlarning to‘liq ro‘yxati 16 fevral kuni e'lon qilinadi.