Jamiyat | 14:31 / 26.01.2016
2281
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda avtobus jarlikka qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimoli-sharqidagi Megxalaya shtatida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Hindustan Times nashrida xabar qilinishicha, yo‘lovchi avtobusi jarlikka qulashi natijasida 10 kishi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda hududda qutqaruvchilar ish olib borishmoqda. Avtobus ichida yana odamlar qolgani taxmin qilingan. Jabrlanuvchilar eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan.

Qayd etish kerakki, Hindiston yo‘l transport hodisalari eng ko‘p miqdorda ro‘y beradigan hudud hisoblanadi. Har yili yo‘llardagi yomon sharoitlar tufayli ro‘y bergan avariyalarda 150 ming nafarga yaqin kishi halok bo‘ladi.