Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 20:19 / 26.01.2016
4692
1 daqiqa o‘qiladi
Jon Snou muxlislariga uning o‘lganiga ko‘nikishni maslahat berdi
“Taxtlar o‘yini” serialida Jon Snou obrazini gavdalantirgan aktyor Kit Xarrington muxlislarni uning qahramoni halok bo‘lganiga ko‘nikishga chaqirdi, deb xabar beradi Digital Spy.
Beshinchi mavsumning oxirgi sahnalarida qahramonning halok bo‘lishi tomoshabinlarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
“Men “Xudoga shukur!” emas, “Nega?”, “Xudoyim, yo‘q!” degan baqiriqlarni kutgandim. Demak, bu to‘g‘ri reaksiya bo‘ldi”, - dedi aktyor.“Odamlar mening o‘limimni xohlamadi, lekin bu sodir bo‘ldi”, - qo‘shimcha qildi aktyor.