Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatida gripp tarqalgani tufayli maktablar va bog‘chalar yopilmoqda
Rossiya iste'molchilar huquqini himoya qilish va inson farovonligi sohasida nazorat federal xizmatining (Rospotrebnadzor) Moskva shahri bo‘limi shaharda gripp epidemiyasi tarqalganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.
"Ayni vaqtda shahardagi 2ta maktabdagi 42 sinf va bolalar bog‘chasidagi 15ta guruh faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Bu muassasalar gripp qayd etilgan hududlarda joylashgan", deydi vazirlikning Moskva viloyati bo‘yicha bo‘limi vakili Nina Suslonova.
Ayni paytdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya uchun epidemiologik chegara o‘ratacha 46,98 foizga, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 26,68 foizgacha, 7-14 yoshlilar o‘rtasida 21,49, o‘smirlar o‘rtasida 46,76 foizga oshib ketgan.
Bundan oldinroq, Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev hududlardagi vaziyatlarni o‘rganib, zarur topilgan hollarda maktab va bog‘chalarda ta'til e'lon qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.
Bundan oldinroq yil boshidan beri Rossiyada gripp tufayli 27 kishi hayotdan ko‘z yumgani, mamlakatning 37 mintaqasida asosan cho‘chqa grippi virusi kuzatilayotgani ma'lum qilingandi.