Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yatsenyuk o‘rniga Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri Bildt nomzodi ko‘rilmoqda
Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri va sobiq tashqi ishlar vaziri Karl Bildt Ukrainaga bosh vazir etib tayinlanishi mumkin, deb xabar bermoqda “Glavkom” nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina hukumatining yangi rahbari “Ukraina mavzusi bilan yaqindan shug‘ullangan, biroq hozir ishsiz bo‘lgan” shved Karl Bildt bo‘lishi mumkin.
“Glavkom”ning Ukraina prezidenti ma'muriyatidagi manbasi Pyotr Poroshenko ma'muriyati “shvedni bosh vazir lavozimiga taklif qilishni jiddiy muhokama qilayotganini” ma'lum qildi.
Nashrning ta'kidlashicha, bu nomzodning bir necha, jumladan Ukraina prezidenti uchun ham ko‘pgina “plyuslari” bor. Biroq, “bu variantning barcha jozibadorligiga qaramasdan”, Bildt nomzodining “anchagina kamchiliklari ham mavjud”.