Jamiyat | 10:23 / 26.01.2016
4005
1 daqiqa o‘qiladi

Polshalik sayyoh Olmaota yaqinidagi tog‘larda muzlab qoldi

26 yanvar kuni tongida qozog‘istonlik qutqaruvchilar Talgar darasi hududida polshalik sayyohning muzlab qolgan jasadini topishdi.

Uning tanasi "Kaspiyskaya polyana"gacha ko‘tarib kelingan va so‘ng "Kazaviaspas" vertolyoti orqali shifoxonaga keltirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu sayyoh 24 yanvar kuni ertalab "Shimbuloq" tog‘-chang‘i kurortidan noma'lum marshrut bo‘ylab yo‘lga chiqqan.

Uni izlash uchun Qozog‘iston respublikasi IIVning favqulodda holatlar bo‘yicha qo‘mitasi tarkibidagi maxsus qutqaruvchi guruhlar yuborilgan. Sayyohni qidirish ishlarida o‘nlab qutqaruvchilar hamda maxsus texnikalar ishlagan.