Jahon | 22:26 / 26.01.2016
2949
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya Suriya muxolifati delegatsiyasiga mamlakatga kirishga ruxsat berdi

Shveytsariya Suriya o‘rtamiyona muxolifati delegatsiyasiga Jyenevada 29 yanvarda boshlanishi kerak bo‘lgan muzokaralarda qatnashish uchun mamlakatga kirishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Shveytsariyaning xalqaro ishlar bo‘yicha federal departamenti matbuot kotibi Jan-Mark Krevozer ma'lum qildi.

“Ha bu haqiqatga mos keladi. Shveytsariya BMT o‘tkazayotgan Suriyaaro muzokaralarni tashkil qilishga yordam bermoqda. Shuning uchun biz BMT tomonidan taklif qilingan barcha delegatsiyalarga Shveytsariyaga kirishga ruxsat berdik” deb aytdi Krevozer tegishli savolga javoban.