Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi janubdagi yana bir shaharni jangarilardan ozod qildi
Suriya armiyasi dushanba kuni mamlakat janubidagi Dara viloyatida jangarilarga qarshi olib borilgan janglardan so‘ng strategik muhim shahar Shayx-Miskinni ozod qilgan va shaharda nazorat o‘rnatgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, bu shahar Suvayda, Damashq va Kuneytra shaharlarini mamlakatning janubi bilan bog‘lovchi yo‘lda joylashgan bo‘lib, stragegik jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda shaharning g‘arbiy chekkalarida harbiy harakatlar davom etmoqda.
“Shahar ziddiyatdagi ikki tomon uchun ham juda muhim. Hukumat qo‘shinlari Shayx-Miskinni nazoratga olish orqali jangarilarning Dara viloyatidagi janubiy va g‘arbiy hududlari orasidagi aloqani uzub qo‘ydi”, - deya xabar beradi huquq himoyachi tashkiloti vakili Rami Abdulrahmon.
Uning aytishicha, shahar butunlay xaroba holatga kelgan.