Jahon | 11:46 / 26.01.2016
3784
1 daqiqa o‘qiladi

Tailandda keskin sovush oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Tailandda ob-havoning keskin sovub ketishi oqibatida qirollikning markaziy va shimoliy hududlarida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Thai PBS telekanali xabar bermoqda.

Aytilishicha, sovuqning qurbonlari yolg‘iz yashab kelgan keksa insonlardir. Ertalab ular uylaridan, oshxona pechlari oldida ko‘rpalarga o‘rog‘liq ahvloda topilgan. Shifokorlarning fikricha, sovuq qotish oqibatida ularning surunkali xastaliklari o‘tkirlashgan.

Tailand subekvatorial chiziqda joylashgan, shu bois tailandliklarning aksariyati past haroratga mo‘ljallanmagan uylarda istiqomat qiladi.