O‘zbekiston | 16:40 / 26.01.2016
5657
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshshahartransxizmat» jamoat transportlari ishtirokida yuz bergan YTH bo‘yicha izoh berdi

Toshkentda 25 yanvar kuni uch avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani to‘g‘risidagi axborotga izoh berildi. UZ24 saytining «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasiga asoslanib xabar berishicha, hodisa uch avtobus emas, balki Isuzu avtobusi va «Gazel» rusumli mikroavtobus ishtirokida yuz bergan.

Kecha, 25 yanvar kuni, «Toshkent» (Shimoliy) vokzalidagi shahar jamoat transportlari ishtirokida YTH yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, "Isuzu" avtobusi va "Mercedes-Benz" rusumidagi ikki avtobus bir ko‘prikni "bo‘lisholmagan"i haqida xabar berilgandi.

Aslida ushbu yo‘l transport hodisasi 81-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan "Isuzu" avtobusi va 193-raqamli yo‘nalishli taksi ishtirokida sodir bo‘lgani aytildi. Avariya joyida avtobuslarning bir joyda to‘planib qolishi natijasida yo‘lda tirbandlik yuzaga kelgan.

"Avtohalokat oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hodisa aybdorlari qat'iy ravishda jazolanadi", deb xabar qiladi «Toshshahartransxizmat».