Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp mesenjyeri ishlamay qoldi
Seshanba, 26 yanvar kuni WhatsApp mesenjyeri ishida uzilish kuzatildi. Bu haqda Agence France Presse xabar qildi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, bir qator mamlakatlardagi yuz millionlab foydalanuvchilar mesenjyerdan foydalana olmay qolgan. Jumladan, bugun Toshkent vaqtida bilan 7.00 dan boshlab AQSh, Yaponiya, Hindiston, Malayziya va Kolumbiyada ushbu xizmatdan foydalanish imkoni bo‘lmagan. Oradan bir soat o‘tib, mesenjyer ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun o‘z ishini qaytadan yo‘lga qo‘ygan. Hozircha uzilish to‘g‘risida rasmiy ma'lumot tarqatilmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil yanvar oyidan boshlab WhatsApp mesenjyeri foydalanish uchun bepul bo‘ldi. Bungacha esa abonentlar yiliga 0,99 sent miqdorida abonent to‘lovini amalga oshirgan.WhatsApp 2014 yilning fevralida Facebook ijtimoiy tarmog‘i tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingan edi. O‘tgan yozda uning foydalanuvchilari soni yarim milliarddan oshdi. Bugungi kunga kelib esa ular soni bir milliardga yaqinlashib qolgan.