Jamiyat | 14:37 / 26.01.2016
3926
1 daqiqa o‘qiladi

Xabarovsk o‘lkasida 40 kishi muz ustida ochiq dengizga chiqib ketdi

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi Vanino porti, Muchka buxtasida ustida 40 kishi va 28 avtomobil turgan muz qirg‘oqdan ajralib chiqib, dengizda chiqib ketdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, ayni paytda qutqaruvchilar 35 kishini qirg‘oqqa olib chiqqan, muzni qirg‘oqqa olib kelish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.