Jamiyat | 20:46 / 27.01.2016
6212
1 daqiqa o‘qiladi

Aktrisa Riz Uizerspun o‘ziga o‘xshash mushukni topdi

Gollivudlik aktrisa Riz Uizerspun yuz ko‘rinishi unikiga o‘xshash mushukni topganini ma'lum qildi. U bu mushukni instagramda namoyish qildi hamda unga “Internetni yoqtiraman. Men o‘zim bilan o‘xshashlikni ko‘rayapman. Sizchi?” deya mushuk bilan o‘xshashligini ta'kidlagan holda izoh qoldirdi.

“E! Online” nashrining ma'lum qilishicha, aktrisaning “nusxasi” ragamaffin zotidagi mushuk bo‘lib, uning laqabi Sharlotta hamda u “Uilyam va Charli” mushuklar duetining ishtirokchisi hisoblanadi.

Nashrning ta'kidlashicha, 2016 yil mashhur insonlarga o‘xshash mushuksimonlar vakillarining yili bo‘lmoqda. Hammasi “Yulduzlar janglari”ning yangi qismida bosh yovuzning rolini ijro etgan aktyor Adam Drayverdan boshlangan. Unga o‘xshash mushuk internet yulduziga aylangandi. Bu mushukning qulog‘i va burni Drayvernikiga o‘xshash deb hisoblanadi.