Jahon | 16:55 / 27.01.2016
3276
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Shimoliy Koreya mahsulotlari va xizmatlariga sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligini aytdi

AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan KXDR mahsulotlari va xizmatlariga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligini istisno qilmadi. Bunga shimollik koreyslarning yadroviy sinov o‘tkazgani sabab bo‘lishi mumkin.

Kerri bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan bo‘lgan muzokaralardan so‘ng ma'lum qildi.

Uning aytishicha, Vashington bu sanksiyalardan oddiy xalq jabr ko‘rmasligini ta'minlaydi.

Bundan oldinroq, Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Tashqil ishlar vazirligidan KXDRga qarshi tarixdagi eng qattiq sanksiyalarni joriy etish belgilangan hisobotni qabul qilib olgani haqida xabar berilgandi.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 6 yanvar kuni Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani haqida ma'lum qilgach, yanada yomonlashgandi.