Jamiyat | 12:03 / 27.01.2016
3463
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: ijtimoiy tarmoqlar – ommaviy muhokamalarning muhim maydoni

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ijtimoiy tarmoqlarni ommaviy muhokamalar uchun muhim maydon deb hisoblaydi. Bu haqda uning matbuot kotibi Davron Abayev bayonot berdi.

Oq O‘rdaning rasmiy saytida keltirilgan ma'lumotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt obunachilari soni 10 kishidan oshgan.

“Biz yozuvlarimizni kuzatadigan, ularga izoh beradigan, sahifani takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini beradigan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Faqat sizlar bilan teskari aloqa qilibgina o‘z ishimizni yaxshilay olamiz”, - deyiladi xabarnomada.