Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norveg lososi neftdan qimmatroq sotilmoqda
Neft narxi pasayishi sababli ziyon ko‘rayotgan davlatlardan biri Norvegiya yana bir eksport mahsuloti – norveg lososining narxi oshayotganidan mamnun bo‘lmoqda. Norveg lososi narxi neft narxidan oshib ketdi, deb xabar bermoqda baliq eksporti bozoridagi vaziyatni kuzatuvchi iLaks.no portali.
Portal hisob-kitoblarni norveg kronlarida o‘tkazdi va bunda asos sifatida 4,5 kilogrammlik o‘rtamiyona losos olindi. Bunday lososning narxi 292 kronni, neftning bir barreli narxi esa 276 kronni tashkil qilmoqda.
Avvalroq West Texas Intermediate (WTI) nefti narxi 2003 yil mayidan beri minimum qiymatiga tushib ketganini va buning oqibatida AQShda neft sutdan ikki barobar arzonlashib ketgani ma'lum qilingandi.