Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Askar Akayevning akasi vafot etdi
26 yanvar kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida mamlakatning birinchi prezidenti Askar Akayevning akasi Asanqul Akayev vafot etdi. Bu ma'lumot u yotqizilgan shifoxonada tasdiqlangan.
Uning o‘limi sababi aniq aytilmagan.
Marhumning dafn marosimiga ayni vaqtda xorijda bo‘lgan siyosatchi kelish niyatini bildirgan, lekin uning Qirg‘izistondagi qarindoshlari bunga ro‘yxushlik bildirishmagan.
Ma'lumot uchun, Asanqul Akayev 1939 yilda Chuy viloyati, Keminsk tumanidagi Qizil-Bayroq qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘z vaqtida Jo‘qorg‘i Keneshning xalq vakillari yig‘ilishi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2014 yilda Askar Akayevning yana bir akasi Bolot Akayev vafot etgandi.