Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bemor bolani shifoxonaga olib ketayotgan vertolyot yo‘qolib qoldi
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida sanaviatsiyaga tegishli UP-MD 600-N vertolyotini qidirish ishlari olib borilmoqda. Bu vertolyot shifoxonaga bemor bolani olib ketayotgandi. Bu haqda "Interfaks" Qozog‘iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga asoslangan holda ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, vertolyot uchuvchisi bilan aloqa mahalliy vaqt bilan soat 16:55da uzilib qolgan. Vertolyot soat 17:10da manzilga yetib borishi kutilayotgandi.
Uning bortida jami 5 kishi bo‘lgan: bemor bola, uning onasi, shifokor, gemotolog yordamchisi hamda uchuvchi.
Ayni vaqtda keng ko‘lamli qidiruv ishlari olib borilmoqda. Unda favqulodda vaziyatlar departamenti tarkibidagi bo‘limlar, politsiyachilar va harbiylash ishtirok etishmoqda.