Jamiyat | 18:22 / 27.01.2016
3749
2 daqiqa o‘qiladi

«Sezar» kinomukofotiga nomzodlar nomi ma'lum qilindi

Fransiya kinematografiya texnologiyasi va san'ati akademiyasi «Sezar» mukofoti uchun nomzodlarni ma'lum qildi. Bu haqda Variety nashri xabar tarqatgan.

Xabarda keltirilishicha, nomzodlar qatorida «Margarita», «Yoshligimdan uch xotira», «Mustang» («Oskar»ga Fransiya nomidan nomzod) va «Dipan» (Kann festivalida «Oltin palma yaprog‘i» olgan) kabi nomlar bor.

«Margarita» va «Yoshligimdan uch xotira» filmlari 11tadan yo‘nalish bo‘yicha, «Mustang» va «Dipan» 9tadan yo‘nalish bo‘yicha taqdim qilingan. Shuningdek, «Yangi qon» va «Mening qirolim» kartinalari 8tadan yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikka da'vogarlik qilishadi.

«Sezar» mukofotlarini topshirish marosimi 26 fevral kuni o‘tkaziladi. G‘oliblarga sovrinlarni Maykl Duglas topshiradi.