Jahon | 11:35 / 27.01.2016
4362
1 daqiqa o‘qiladi

Shu yilning iyulidan Qirg‘iziston elektron pasportlarga o‘ta boshlaydi

2016 yilning iyul oyidan Qirg‘iziston elektron pasportlarga o‘ta boshlaydi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi bosh vazir o‘rinbosari Oleg Pankratovga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

“Yaqinda bu masala muhokama qilindi. Turli variantlar mavjud, - dedi u Davlat registratsiya xizmati kollegiyasi yig‘inidagi chiqishida. – Vaziyat optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlangan taqdirda elektron pasportlarga iyuldan o‘ta boshlash rejalashtirilmoqda. Jarayon 2017 yilda bitirilishi lozim, toki prezidentlik saylovlariga qadar 100 foiz saylovchilar biometrik pasportlarga ega bo‘lsin. Aholi xarajatlarini qisqartirish yo‘llari qidirilmoqda. Butun jarayon bepul o‘tkazilishi mumkin”.