O‘zbekiston | 18:08 / 27.01.2016
7158
2 daqiqa o‘qiladi

Sinoptik: asr boshidan buyon O‘zbekistonda havo issiqroq kelmoqda

O‘zbekistondagi iqlimiy kuzatuvlar tarixi mobaynida kuzatilgan eng issiq qishlar 2004, 2010, 2013 va 2015 yillar bo‘lgan. Bu haqda O‘zgidromet gidrometta'minot xizmati bosh sinoptigi Irina Zaytseva uz24.uz saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Umuman olganda, yil boshidan beri barcha yillar issiq kelmoqda, bu global isish faktini tasdiqlaydi, - qo‘shimcha qildi mutaxassis. – Joriy yil anomal darajada issiq bo‘ladimi, yo‘qmi, hozir aytib bo‘lmaydi. Jahon amaliyotida bir yil oldin ob-havoni aniq bashorat qilish metodlari mavjud emas”.

Zaytsevaning ta'kidlashicha, O‘zbekistonning turli mintaqalarida turli darajada havo haroratining sekin-asta o‘sib borishi kuzatilmoqda. “Alohida yillar haroratini emas, uning o‘rtacha kattaligini ko‘p yilli ko‘rsatkichlar bilan, odatda 30 yillik vaqtni qiyoslash kerak, - ta'kidladi u. – Masalan, Toshkent uchun 1961-1990 yillar uchun o‘rtacha yillik harorat 14.1 darajani, 1981-2010 yillar uchun o‘rtacha yillik harorat esa 14.8 darajani tashkil qiladi. o‘rtacha yillik haroratday kattalik uchun bu juda katta farqdir”.