Jamiyat | 18:08 / 27.01.2016
5411
2 daqiqa o‘qiladi

Zika virusi yoyilmoqda: Amerikaliklardan keyin yevropaliklar ham bu virusga chalinishi boshlandi

Zika Virusi Amerika qit'asidan Yevropaga ham yoyila boshladi. Daniya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat hududida Zika virusiga chalingan ilk odam haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Orxuse shaharchasida yashovchi bu shaxs biroz oldinroq Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlari bo‘ylab safardan qaytgani ma'lum bo‘lgan.

Shuningdek, Shveytsariyada 2, Italiyada 4, Shvetsiyada yana bir kishida shu virus aniqlangan.

25 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Lotin Amerikasida keng tarqalib borayotgan Afrikaning Zika virusi Kanada va Chilidan tashqari butun g‘arbiy yarim sharga xavf tug‘dirayotganini e'lon qilgandi.

Zika kuchli tana harorati, kon'yunktivit (ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi), bosh va bo‘g‘inlar og‘rig‘i, yallig‘lanish jarayonlari, alohida holatlarda esa ko‘ngil behuzur bo‘lishi va qayt qilish, oshqozonda buzilish va og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Kasallikni asosan Aedes aegypti pashshalari tarqatadi. Ayni paytda Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Tinch okeani mintaqasi davlatlarida keng tarqalmoqda.

2015 yilda Braziliyaning o‘zida yarim millionga yaqin kishi Zika bezgagidan aziyat chekdi. Bemorlarning aniq sonini aytish mushkul boisi hamma ham shifokorlarga murojaat etavermaydi. Aedes aegypti pashshalari yashaydigan Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika (Kanada va Chilidan tashqari), Tinch okeani mintaqasi davlatlarida mazkur xastalik keng tarqalishi mumkinligi aytilmoqda. Kasallikka pandemiya maqomi berildi.

Reuters: AQShda Zika virusiga chalinish holati qayd etildi

Argentinada Zika virusiga chalinish holati qayd etildi