Jamiyat | 12:53 / 27.01.2016
5159
3 daqiqa o‘qiladi

Zominda partiya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Zomin tibbiyot kollejida O‘zMTDP Zomin tuman partiya tashkiloti Zomin tuman kolleji bilan hamkorlikda «O‘zMTDPning yoshlarga oid siyosati: asosiy yo‘nalishlari, tajribasi va istiqboldagi vazifalari» mavzuida seminar-trening o‘tkazildi.

Unda O‘zMTDP Zomin tuman partiya tashkiloti raisi va yetakchi mutaxassisi, “Yoshlar qanoti” klubi a'zolari, Zomin tibbiyot kollaji ma'muriyati, Kamolot YoIH Zomin tumani Kengashi yetakchi mutaxassisi va kollejning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Seminar-treningni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, partiya safida faoliyat olib borayotgan yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda partiyaning yoshlarga oid siyosati to‘g‘risida yoshlarga yanada kengroq ma'lumotlar berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda dastlab, O‘zMTDP Zomin tumani partiya tashkiloti raisi Z. Alimov so‘zga chiqib, partiya safida faollik ko‘rsatayotgan yoshlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shu bilan bir qatorda, partiyaning yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borayotgan ishlari to‘g‘risida bir qator ma'lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida “Yoshlar qanoti” klubi a'zolari ham so‘zga chiqib, o‘z faoliyatilari davomida erishgan yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Seminar davomida kelgusida “Yoshlar qanoti” klubi a'zolari va “Kamolot” YoIH tuman kengashi faollari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarning ham rejasi yig‘ilganlarga tanishtirib o‘tildi. Bu kabi tadbirlarning ko‘plab o‘tkazib borilishi partiya “Yoshlar qanoti” faoliyatining yanada jonlanishida o‘z ahamiyatiga ega.

Shuningdek, klub a'zolari faolyatida yuzaga kelayotgan muamolar va tarqoqlikni yuzaga keltiruvchi bir qator kamchiliklar atroflicha o‘rganib, tahlil qilib chiqildi.
Akmal Binokulov, Kun.uz jamoatchi muxbiri,
Jizzax viloyati