Jamiyat | 13:40 / 28.01.2016
4451
1 daqiqa o‘qiladi

“Musulmonlar hayot uchun” donorlik aksiyasi

Nyu-York shtatining Buffalo shahridagi Ahmadiya musulmonlar jamiyati a'zolari yirik donorlik aksiyasini tashkil qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda boshlangan qon topshirish aksiyasi Kanada bilan chegaradosh hududda, Niagara sharsharasida o‘z nihoyasiga yetadi. “Musulmonlar hayot uchun” aksiyasi an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Dastlabki aksiya 11 sentabr fojiasidan roppa-rosa 10 yil o‘tib, ya'ni 2011 yilda tashkil qilingan edi. 

 “Bitta maxsus idishdagi qon eng kamida 3 nafar odamning hayotini saqlab qolishi mumkin. Shuning uchun bizning maqsadimiz 2001 yilda yo‘qotgan odamlardan uch karra ko‘proq insonlar hayotini saqlab qolish edi”,– deydi Buffalo shahridagi Ahmadiya musulmonlar jamiyati Prezidenti Nosir Xon.

Manba: Muxlis.uz