Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Trampga pomidor otgan shaxsni hibsga olishdi
AQShning Ayova shtatida politsiyachilar mamlakat prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Trampga uning saylovoldi tashviqoti vaqtida pomidor otgan yigitni qo‘lga olishdi. Assoshieyted Press agentligida yozilishicha, u ko‘p vaqt o‘tmasdan qo‘yib yuborilgan.
Bu voqea Trampning seshanba kuni Ayova universitetida qilgan chiqishi vaqtida sodir bo‘lgan. Huquq tartibot organlari xodimlari Endryu Jozef Alemao ismli 29 yoshli yigitni u milliarderga qarata 2ta pomidor uloqtirganidan keyin qo‘lga olishgan.
Universitet vakili Xeyli Bryusning ma'lum qilishicha, bu yigit jamoat tartibini buzishda ayblandi.
Alemao 1 kun vaqt qamoqda saqlangan, keyingi kunda esa garovsiz ozod qilingan.